Kontentga o‘tish
IIV Litsey Sirdaryo viloyati

ZAKOVAT

IIV Sirdaryo akademik litseyida o’quvchi yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual o’yinlarga keng jalb qilish, ushbu o’yinlar tashkil qilinishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida joriy yilning 24-yanvar sanasida litseyning I va II bosqich o‘quvchilari o‘rtasida navbatdagi “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

🏆 Qizg‘in va hayajonli bahslar yakunida quyidagi jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi:

🥇o‘rin – 201-guruh,
🥈o‘rin – 205-guruh,
🥉o‘rin – 203-guruh.

Tadbir o‘quvchilarning bilimlarini mustahkamlash, jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini oshirish hamda intellektual salohiyatlarini rivojlantirishga xizmat qildi.