Kontentga o‘tish
IIV Litsey Sirdaryo viloyati

“YOSH KITOBXON” TANLOVI

Joriy yilning 6-oktabr kuni IIV Sirdaryo akademik litseyi Axborot-resurs markazi o‘quv zalida Kitobxonlik haftaligi doirasida “Yosh kitobxon” tanlovi o‘tkazildi.

Joriy yilning 6-oktabr kuni IIV Sirdaryo akademik litseyi Axborot-resurs markazi o‘quv zalida Kitobxonlik haftaligi doirasida “Yosh kitobxon” tanlovi o‘tkazildi.

📖 Tanlov davomida o‘zbek adabiyotining mashhur namoyandasi Abdulla Qahhorning hayoti, ijodi va asarlari yuzasidan savol-javoblar o‘tkazilib, guruhlar o‘zlarining badiiy adabiyotga bo‘lgan bilim va qiziqishlarini namoyon etdilar.

🏆 Yakuniy natijalarga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin — 101-guruh
🥈 2-o‘rin — 104-guruh
🥉 3-o‘rin — 102-guruh

🎯 Mazkur tanlov o‘quvchilarning intellektual salohiyatini oshirish, ularni milliy adabiyot durdonalari bilan yaqindan tanishtirish hamda kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirishga xizmat qildi.

📚 Kitob — bilim va tafakkur manbai!