24-Fevral, 2026-yil
“Xronologiya bilimdoni” intellektual viktorinasi bo‘lib o‘tdi.

IIV Sirdaryo akademik litseyida tarix fani oyligi doirasida o‘quvchilarning tarixiy tafakkurini rivojlantirish hamda sanalar bilan ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida “Xronologiya bilimdoni” nomli intellektual viktorina tashkil etildi.
🧠 Bellashuv davomida ishtirokchilar tarix faniga oid muhim voqealar, tarixiy jarayonlar va ularning ketma-ketligini aniqlash bo‘yicha savollarga javob berib, o‘z bilim saviyasi va tezkor fikrlash qobiliyatlarini namoyish etdilar.
🎓 Viktorina jarayonida o‘quvchilarning faolligi, tarixiy sanalarni to‘g‘ri tahlil qilish va mantiqiy xulosa chiqarish ko‘nikmalari yaqqol namoyon bo‘ldi. Tadbir o‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom raqobat va bilimga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirdi.


