Kontentga o‘tish
IIV Litsey Sirdaryo viloyati

Tarix fanidan ichki olimpiada o‘tkazildi.

2026-yil 21-sentabr kuni IIV Sirdaryo akademik litseyida I va II bosqich o‘quvchilari o‘rtasida tarix fanidan ichki olimpiada tashkil etildi.

2026-yil 21-sentabr kuni IIV Sirdaryo akademik litseyida I va II bosqich o‘quvchilari o‘rtasida tarix fanidan ichki olimpiada tashkil etildi.

📚 Mazkur olimpiadani o‘tkazishdan asosiy maqsad o‘quvchilarning tarix faniga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularning nazariy bilimlarini sinovdan o‘tkazish hamda fan bo‘yicha yuqori bilim va salohiyatga ega o‘quvchilarni aniqlashdan iborat bo‘ldi.

👥 Tarix fanidan olimpiadani tashkil etish va o‘tkazishda o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sh.Isanov, Huquqiy va ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi boshlig‘i U.Qlichev, tarix fani o‘qituvchilari B.Boboyev, R.Shaymatov va U.Yuldashevlar faol ishtirok etdilar.

🎓 Ichki olimpiada o‘quvchilarning tarix fanidan bilimlarini yanada mustahkamlash, iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash va ularni kelgusidagi fan olimpiadalariga tayyorlashda muhim bosqich bo‘lib xizmat qiladi.