Kontentga o‘tish
IIV Litsey Sirdaryo viloyati

17-Fevral, 2026-yil

TADBIR

Joriy yilning 14-fevral sanasida IIV Sirdaryo akademik litseyida buyuk mutafakkir va sarkarda — Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir yuqori saviyada tashkil etildi.

📖 Tadbir “Tillarni o‘rganish” hamda “Huquqiy va ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedralari hamkorligida o‘tkazilib, Bobur hayoti va boy adabiy merosi atroflicha yoritildi.

🎭 Dastur ingliz tili o‘qituvchisi Elyor Mirzaqulov hamda "Huquqiy va ijtimoiy-gumanitar" fanlar kafedra boshlig‘i PhD Ulug‘bek Qlichev boshchiligida puxta rejalashtirilib, sahna ko‘rinishlari, she’rlar, milliy raqs va kuy-qo‘shiqlar bilan yanada boyitildi.

🌿 Tadbir o‘quvchilarda milliy qadriyatlarga hurmat, ajdodlar merosiga sadoqat va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.