Kontentga o‘tish
IIV Litsey Sirdaryo viloyati

SUMALAK SAYLI

Yangi hayot, yangilanish va mehr-oqibat timsoli bo‘lmish Navro‘z bayrami munosabati bilan IIV Sirdaryo akademik litseyida bayramona iftorlik dasturxoni yozildi.

Ushbu muborak kunlarda litsey jamoasi ezgulik va hamjihatlikni ulug‘lab, bayram shukuhini yana-da yorqinroq his etish maqsadida bir dasturxon atrofida jam bo‘lishdi.

Bayram sho‘x raqs va qo‘shiqlarga ulanib ketdi. O‘quvchilar milliy kuy-qo‘shiqlar sadolari ostida raqs tushib, bahoriy bayramni chinakam ko‘tarinki kayfiyatda nishonlashmoqda.