SPORT
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2025-yil 13-fevral kuni bo‘lib o‘tgan videoselektorda Olimpiya va Paralimpiya harakatini rivojlantirish, ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Davlatimiz rahbari “Sport – sog‘lom xalq, sog‘lom jamiyatning tayanchi va ustunidir” deya ta’kidlab, jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada ommalashtirish muhimligini qayd etdi.



Shu munosabat bilan 1-mart kuni IIV Sirdaryo akademik litseyida ommaviy badantarbiya tadbiri tashkil etildi. Tadbirda litsey pedagog xodimlari hamda I va II bosqich o‘quvchilari ishtirok etib, sport mashqlari bajarildi.
Bunday tashabbuslar yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni sog‘lom turmush tarziga targ‘ib qilish va jismoniy faolligini rivojlantirishga xizmat qiladi.


