24-Fevral, 2026-yil
SPORT

Joriy yilning 21-fevral sanasida Sirdaryo IIV akademik litseyida Kurash sport turi bo'yicha 🏆 “Sirdaryo tuman Prokuror kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
🤼♂️ Musobaqa yuqori saviyada va qizg‘in bellashuvlarga boy tarzda tashkil etildi. Unda turli vazn toifalarida kuchli sportchilar o‘z mahoratlarini namoyish etdilar.
🥇 Musobaqa natijalariga ko'ra, Sirdaryo IIV akademik litseyi o‘quvchisi Abdumominov Jasur 50+ kg vazn toifasida munosib ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni egalladi.
👏 Ushbu g‘alaba sportchimizning tinimsiz mehnati, kuchli irodasi hamda murabbiylarining samarali tayyorgarligi natijasidir.
🎉 G‘olib o‘quvchimizni ushbu yuksak natija bilan muborakbod etamiz!

