Kontentga o‘tish
IIV Litsey Sirdaryo viloyati

Sirdaryo tumani M va MTBga qarashli 15-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurildi

Ochiq va samarali hamkorlik doirasida Sirdaryo tumani MMTB tasarrufidagi 15-sonli umumta’lim maktabiga tashrif tashkil etildi. Tashrif davomida o‘quvchilar bilan targ‘ibot va tushuntirish ishlari olib borildi.

🎓 Tadbir jarayonida o‘quvchilarga ta’lim olish, kasb tanlash, vatanparvarlik ruhida tarbiyalanish hamda qonunlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish masalalari yuzasidan muhim ma’lumotlar berildi.

💬 O‘quvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.

🎉 Shuningdek, tadbir yakunida maktab jamoasi va o‘quvchilar bayram munosabati bilan samimiy tabriklanib, ularga o‘qish va kelajak faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilandi.

✨ Mazkur tashrif yoshlarning bilimga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qildi