Kontentga o‘tish
IIV Litsey Sirdaryo viloyati

SERTIFIKAT

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-yanvar kunidagi PQ-17-sonli qarori —
"Raqamli texnologiyalar vositasida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish sohasi uchun professional kadrlar tayyorlash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida" asosida

IIV Sirdaryo akademik litseyida tashkil etilgan Axborot xavfsizligi yo‘nalishi 108-guruhining barcha o‘quvchilari

Huawei ICT Academy onlayn ta’lim platformasida Network Security (Tarmoq xavfsizligi) kurslarini muvaffaqiyatli tamomlab, sertifikatlarni qo‘lga kiritishdi.

Shuningdek, litseyimizning 1 va 2-bosqichdan 100 nafar o‘quvchisi IT sohasi bo‘yicha COURSERA sertifikatlariga ega bo‘ldi. 🎓

Ushbu yutuqlar o‘quvchilarimizning raqamli texnologiyalarni chuqur o‘rganishdagi intilishlarini va zamonaviy IT sohasidagi tayyorgarlik darajasini yaqqol ko‘rsatadi.

Litsey jamoasi nomidan barcha o‘quvchilarni samimiy tabriklaymiz va kelgusidagi faoliyatlarida yanada katta muvaffaqiyatlar tilaymiz!