Kontentga o‘tish
IIV Litsey Sirdaryo viloyati

Seminar mashg‘uloti o‘tkazildi

IIV Sirdaryo akademik litseyida umumta’lim fanlar kafedrasi informatika fani o‘qituvchilari tomonidan nazorat ishlarini shaffof va adolatli tashkil etish maqsadida seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.

🛡️ Seminar davomida litseyning axborot xavfsizligi yo‘nalishi o‘quvchilari bilan hamkorlikda yaratilgan onlayn test platformasidan foydalanish tartibi haqida batafsil ma’lumot berildi.

📊 Mashg‘ulotda platformaning imkoniyatlari, testlarni avtomatik baholash, natijalarni tezkor tahlil qilish hamda inson omilini kamaytirish orqali shaffoflikni ta’minlash jihatlari ko‘rib chiqildi.

👨‍💻 Ishtirokchilar amaliy tarzda platformadan foydalanib ko‘rib, savol-javoblar orqali o‘zlarini qiziqtirgan masalalarga aniqlik kiritdilar.

✨ Mazkur seminar ta’lim jarayonida zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etish va baholash tizimini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etdi.