Kontentga o‘tish
IIV Litsey Sirdaryo viloyati

OTA ONALAR BILAN UCHRASHUV.

OTA ONALAR BILAN UCHRASHUV.

​Joriy yilning 1-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV Sirdaryo akademik litseyida 2026/2027-o‘quv yili 1-bosqich o‘quvchilari va ularning ota-onalari bilan samimiy va ochiq muloqot tarzida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
​Tadbirda litsey direktori polkovnik F.Q. Ortiqboyev so‘zga chiqib, ta’lim jarayoni, yaratilgan imkoniyatlar hamda intizom talablari haqida atroflicha ma’lumot berdi.

​📌 Yig‘ilishda alohida e’tibor qaratilgan masalalar:

​🏫 Litseyning 400 o‘ringa mo‘ljallangan zamonaviy o‘quv binosi, harbiy kasbiy yo‘naltirilgan xonalar hamda barcha qulayliklarga ega yotoqxona sharoitlari tanishtirildi.

​📚 O‘quvchilarni muayyan fanlarga chuqurlashtirilgan holda yo‘naltirish hamda avvalgi yillarda erishilgan yuksak yutuqlar e’tirof etildi.

​⚖️ Litseyda belgilangan kun tartibi va yagona kiyim-bosh formasi talablariga qat’iy amal qilinishi ta’kidlandi.

​Muloqot yakunida ota-onalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga rahbariyatdan batafsil javob oldilar.