Kontentga o‘tish
IIV Litsey Sirdaryo viloyati

OCHIQ ESHIKLAR KUNI

Ichki ishlar organlari faoliyatiga qiziqishi bo’lgan hamda Ichki ishlar ta’lim muassasalarida tahsil olish istagida bo’lgan bitiruvchi yoshlarni o’qishga jalb qilish maqsadida joriy yilning 17-yanvar sanasida Sirdaryo tumanidagi 13-sonli maktabning 9-sinf o‘quvchilari “Ochiq eshiklar kuni” doirasida IIV Sirdaryo akademik litseyiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida o’quvchi-yoshlarga akademik litsey faoliyati, ta’lim yo‘nalishlari, yaratilgan shart-sharoitlar, kutubxona, yotoqxona, oshxona, fan va sport to‘garaklari, shuningdek, qabul kvotalari hamda qabul jarayoni haqida batafsil axborot berildi.

Tadbir yakunida o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi hamda litseyda yaratilgan shart-sharoitlardan mamnun holda o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar.