OCHIQ DARS

IIV Sirdaryo akademik litseyi o‘qituvchisi Sh.Isanov tomonidan “Oila huquqi tushunchasi, predmetlari, tizimi va manbalari” mavzusiga bag‘ishlangan ochiq dars tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida zamonaviy pedagogik texnologiyalar – “Aqliy hujum”, “T-jadval” va “Yalpi fikriy hujum” metodlari asosida guruhlarda ishlash, savol-javoblar, videomateriallar asosida bilimni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi. O‘quvchilar kichik guruhlarda faol ishtirok etib, o‘z fikrlarini asoslash, tushunchalarni sharhlash orqali mavzuni chuqur o‘zlashtirdilar. Faol qatnashganlar rag‘batlantirildi, natijalar esa guruh jurnaliga qayd etildi.


Dars davomida mavzuga oid tushuncha va atamalar batafsil tushuntirildi, oila huquqining nafaqat nazariy, balki tarbiyaviy jihatlariga ham e’tibor qaratildi. Innovatsion yondashuv va noan’anaviy metodlarning qo‘llanilishi o‘quvchilarning mavzuga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirib, ularning mustaqil fikrlash va huquqiy bilimlarini amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirdi.

