IIV SIRDARYO AKADEMIK LITSEYIDA ICHKI OLIMPIADA DAVOM ETMOQDA.
2026-yil 22-sentabr kuni IIV Sirdaryo akademik litseyida o‘quvchilarning xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazish hamda iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash maqsadida ingliz tili va nemis tili fanlaridan ichki olimpiada tashkil etildi.

👥 Tadbirda o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sh. Isanov, “Tillarni o‘rganish” kafedrasi boshlig‘i M. Mansurova, ingliz tili fani o‘qituvchilari Negmatova Marjona va Xaydarov Doniyor hamda nemis tili fani o‘qituvchisi Mustafayeva Gulsanam ishtirok etdilar.
🎓 Mazkur olimpiada o‘quvchilarning xorijiy tillarni chuqur o‘zlashtirishiga, bilimlarini mustahkamlashiga, o‘z ustida muntazam ishlashiga hamda kelgusidagi fan olimpiadalariga puxta tayyorgarlik ko‘rishiga xizmat qiladi.