Kontentga o‘tish
IIV Litsey Sirdaryo viloyati

IIV Sirdaryo akademik litseyi voleybol jamoasi va Mirzaobod tumani 16-maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 26-noyabr sanasida IIV Sirdaryo akademik litseyida Mirzaobod tumani 16-maktab o‘quvchilari ishtirokida o‘rtoqlik voleybol uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvning asosiy maqsadi —

  • maktab va litsey o‘quvchilari o‘rtasida do‘stona hamkorlikni mustahkamlash,
  • sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish,
  • sport orqali ijobiy muhit yaratishdan iborat bo‘ldi.

O‘yin jarayonida ikki jamoa ham yuqori faollik, jamoaviy ruh va sport madaniyatini namoyish etishdi. Musobaqa do‘stona kayfiyatda, o‘zaro hurmat va samimiyat ruhida o‘tdi.