⚽️ FUTBOL MUSOBAQASI TASHKIL ETILDI
Joriy yilning 23-24-sentabr kunlari IIV Sirdaryo akademik litseyida o‘quvchilar o‘rtasida futbol musobaqasi tashkil etildi.

Joriy yilning 23-24-sentabr kunlari IIV Sirdaryo akademik litseyida o‘quvchilar o‘rtasida futbol musobaqasi tashkil etildi.
🏟 Musobaqa davomida ishtirokchilar sportga bo‘lgan qiziqishi, jamoaviy hamjihatlik va g‘alabaga intilishlarini namoyon etdilar. Bahslar qizg‘in va murosasiz kurashlarga boy tarzda o‘tdi.
🏆 Yakuniy natijalarga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin — 104-guruh
🥈 2-o‘rin — 202-guruh
🥉 3-o‘rin — 103-guruh
🎯 Mazkur musobaqa o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda jismoniy faollikni oshirishga xizmat qildi.
👏 Bunday sport tadbirlari yoshlar o‘rtasida do‘stlik, hamjihatlik va sport madaniyatini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.