Kontentga o‘tish
IIV Litsey Sirdaryo viloyati

DAVRA SUHBATI

Sirdaryo viloyati IIB Tibbiyot boshqarmasi xodimi, katta leytenant E. Mamatov hamda Sirdaryo viloyati OITS markazi mutaxassisi B. Rahimov ishtirokida IIV Sirdaryo akademik litseyida ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda davra suhbati o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida:

yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish,

zararli odatlarning oqibatlari,

OITS kasalligining oldini olish choralari,

profilaktik tadbirlarning ahamiyati

kabi mavzular yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Tadbir o‘quvchilarning savol-javoblari bilan davom etdi va ularda sog‘liqni asrashga oid mas’uliyatli yondashuvni shakllantirishga xizmat qildi.