🚶♂️ “5 000 qadam” marafoni o‘tkazildi.
Joriy yilning 19-sentabr sanasida IIV Sirdaryo akademik litseyida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jismoniy faollikni oshirish hamda yoshlarni sportga keng jalb etish maqsadida “Sport – sog‘lom xalq, sog‘lom jamiyatning tayanchi va ustunidir” shiori ostida “5 000 qadam” yurish marafoni tashkil etildi.

🏃♂️ Tadbirda litsey o‘quvchilari hamda pedagog-o‘qituvchilari faol ishtirok etib, sog‘lom turmush tarziga sodiqlik, jismoniy chiniqish va sportga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etdilar. Marafon ko‘tarinki ruhda va yuqori kayfiyat bilan o‘tkazildi.
🌿 Mazkur tadbir ishtirokchilarning jismoniy tayyorgarligini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda sport orqali ijobiy hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qildi.
💪 Sog‘lom turmush – farovon hayot garovi!