Kontentga o‘tish
IIV Litsey Sirdaryo viloyati

2025-yil 10-noyabr kuni IIV Sirdaryo akademik litseyida imtiyoz asosida qabul qilingan o‘quvchilarning ota-onalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda ota-onalar bilan o‘quvchilarning litseydagi o‘qish jarayoni, ichki tartib-qoidalar, ta’lim sifati va tarbiyaviy ishlar yuzasidan fikr almashildi.

🎓 Shuningdek, o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi, intizomi hamda kelgusida amalga oshiriladigan reja va vazifalar muhokama qilindi.

🤝 Tadbir yakunida ota-onalarga o‘quvchilarning muvaffaqiyati va faol ishtirokini ta’minlashda hamkorlikda ishlash muhimligi ta’kidlandi.